Koronavirus Rossiya futboliga ham ta’sir o‘tkazadimi?
Rossiya futbol ittifoqi koronavirus epidemiyasi sabab mamlakatdagi futbol uchrashuvlarini qoldirilishi borasida tarqalgan mish-mishlarni rad etdi.
“Ommaviy tadbirlarni bekor qilish Rossiya futbol ittifoqining vazifasi emas. Infektsiyaning tarqalishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rasmiylar tomonidan qabul qilinadi. Biz ularning qarorlariga qarab ish ko‘ramiz”, - deb yoziladi tashkilot matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunga kelib koronavirus tufayli dunyo bo‘yicha 3 ming nafarga yaqin inson vafot etdi. Uning Evropaga kirib kelishi ortidan Italiya va Shveytsariyada chempionat o‘yinlari qoldirildi. Tez orada Frantsiya ham shunday qarorga kelishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, ayni damda Rossiya premer-ligasida Eldor Shomurodov ("Rostov") va Oston O‘runov ("Ufa") kabi o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surishmoqda.



Fikrlar