Gvardiola futbolchilaridan nega norozi?

  • 29 avgust, 2022, 19:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shogirdlarining himoyadagi o‘yinidan norozi bo‘lmoqda. “Shaharliklar” oxirgi ikkita uchrashuvda o‘z darvozasidan jami beshta to‘p olib chiqqan bosh murabbiyga yoqmayapti.

Tecno

Bu o‘yinlarda “ Manchester Siti” futbolchilari “Kristal Pelas”ni 4:2 hisobida engib, “Nyukasl” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi.

- Oxirgi ikkita bahsda ko‘p gol urildi. Biz ko‘p gol o‘tkaza boshladik. Jamoa himoyadagi o‘yinini sezilarli darajada kuchaytirishi kerak. Bu borada ishlarimiz u qadar yaxshi emas, - dedi Xosep Gvardiola.

“Manchester Siti” to‘rtinchi tur yakunlariga ko‘ra, o‘n ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!