
"Konya-2021". Yana bir medal naqd qilindi
Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarining og‘ir atletika bahslarida yana bir vakilimiz munosib ishtirok etdi.
Yoshlar o‘rtasidagi JCh sovrindori Sharofiddin Amriddinov -102 kg vazn toifasida katta tajribaga ega raqiblari bilan kechgan murosasiz raqobatda shohsupaga ko‘tariladigan bo‘ldi. Dast ko‘tarish mashqi yakunida yurtdoshimiz 172 kg natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Avvalroq, Tursunoy Jabborova 3 ta oltin medaliga ega chiqqandi.
Fikrlar