
"Konya-2021". 3x3 basketbol jamoamizning guruhdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
Joriy yilning 9-18 avgust sanalarida Turkiyaning Konya shahri katta xalqaro turnirga mezbonlik qiladi.
Gap shundaki, V Islom birdamlik o‘yinlari aynan shu erda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Musobaqa 2021 yilda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo pandemiya tufayli 1 yilga kechiktirildi. 55 mamlakatdan 6000 dan ziyod atlet ishtirok etishi kutilayotgan bahslarda qatnashuvchilar 19 ta sport turida bahs olib boradi.
SPORTS.uz sayti ushbu musobaqani yaqindan yoritib boradi va e’tiboringizga V Islom birdamlik o‘yinlari haqidagi ma’lumotlarni etkazishni boshlaymiz.
3x3 basketbol bo‘yicha ayollar jamoamiz qur’a natijasiga ko‘ra "B" kvartetidan o‘rin egalladi. Guruhda vakillarimizga Qirg‘iz Respublikasi, Surinam va BAA raqiblik qiladi.
Jamoamiz tarkibi: Aliya Samatova, Elena Husnitdinova, Kristina Avdeeva, Natalya Koneva. Ushbu sport turlaridagi bahslar 13-17 avgust kunlari o‘tkaziladi.
Quyida barcha guruhlar bilan tanishish imkoniyatiga egasiz:
Fikrlar