Konte "Inter"da Vidalni ko‘rmoqchi

  • 5 iyul, 2019, 17:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidalni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli chililik futbolchini shaxsan “neradzurrilar” bosh murabbiyi Antonio Konte jamoada ko‘rmoqchi. Uning fikricha Vidal jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Raja Nainggolanga munosib o‘rinbosar bo‘lishi mumkin. Shu o‘rinda Vidal va Konte “Yuventus”da birga faoliyat olib borishganini eslatib o‘tish lozim.

“Barselona” esa Vidalni sotishni rejalashtirmayapti, ammo, yaxshi mablag‘ taklif qilincha, ularning bu boradagi fikri o‘zgarishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Vidal “Barselona” safiga bundan roppa-rosa bir yil muqaddam “Bavariya”dan 18 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U yakunlangan mavsum 53ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!