Konor Makregorni jangga chorlagan hamyurtimiz: Murod Xonto‘raev va Shaxramni jangovar filmga taklif qilmoqchi

CHERY AUTO

- Hozirgi kunda siz to‘g‘ringizdagi eng shov-shuvli xabar, Konor Makregorni janga chorlaganingiz bo‘lib turibdi. Bunga muxlislaringiz, umuman olganda omma e’tibori qanday bo‘lmoqda. Qolaversa, ashula ham chiqardingiz bu borada?

Tecno

- Turli xil fikrlar yangramoqda. Aslida, bu voqeylik hazil-xuzulni orqasidan kelib chiqdi. Ya’ni, imkoni bo‘lganda kim bilan jang qilgan bo‘lardingiz deb, savol berishgandi. Konor Makregor bilan deya javob berganman. Aksariyat hamyurtlarimiz ijobiy fikrlar bildirib, omad tilashmoqda. Lekin barchaga birdek yoqib bo‘lmaydi. Salbiy fikrlar bildirayotganlari ham bor. Xafa qiladigan jihati o‘zlari qaysidir teshikda biqinib olib, juda-juda qo‘pol so‘kinishlar qilishgan. Ey inson shunchalik senga yomon ta’sir qilibdi. Erkakka o‘xshab kelib yuzimga ayt. Agar, yuraging dov bersa! Ashulani ham ba’zilar ustimdan kulgani tufayli, qa’tiy qarorga kelib chiqardim. Endi bu yog‘i yaratganning marxamati. Balki, bu jang amalga oshib qolar.

- Ma’lumki, kino olamida ham asta-sekin o‘z yo‘lingizni topib borayapsiz. Lekin faqat salbiy obrazlarda. Balki, ijobiy qahramon talqinida ham gavdalanarsiz?

- To‘g‘ri, salbiy qahramonlarni o‘ynadim. Jan Klod Van Damm ham dastlab, salbiy obrazlarni ijro etgan. O‘ylaymanki, men bu yo‘lni bosib o‘tdim. Endi, ijobiy qahramonlarni ham ijro etaman. Chunki, rejissorlarga ham aytib o‘tdim, salbiy rollar ijro etmayman deb. Mana Hasanboy Do‘stmatov haqida film sur’atga olinyapti. Bo‘yim pastroq bo‘lganligi uchun ushbu bokschimizni men gavdalantirayapman. Qolaversa, “Qashqir” kinokartinasida ham ijobiy, bosh qahramon rolini ijro etmoqdaman.

- Serqirra insonsiz. Sportchilik faoliyati, kino, xonandalik yana biz bilmaganlari ham bormi?

- “Yigit kishiga qirq xunar oz” deyishadi. Insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori bo‘lsa, barchasini uddalay oladi. Misol uchun, Bryus Li juda ko‘p qirrali inson bo‘lgan. Yoshligimdan ushbu insonga havas qilganman. Xali-xanuz uning ijrosidagi kinolardan zavq olaman. Bryus Li o‘zi qo‘l urgan barcha ishlarni maromiga etkaza olganku to‘g‘rimi? Hozirda, o‘sha “Ong bak”, “Yuriy Boyka” kabi filmlardagi tryuklarni bajara oladigan yigitlarimiz o‘zimizda ham mavjud. Shuning uchun, jangovar film olish harakatidaman. Demoqchimanki, rejissorlikda ham o‘zimni sinab ko‘rish niyatidaman.

Muxammadali

- Feruz Xudoyberdiev aynan ZOR TV da efirga uzatilayotgan “Aktyor” ko‘rsatuvida “Ong Bak” kinosidan Toni Jaga taqlid qildi va uni qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi. Chunki faoliyatida sport ham asosiy o‘rin tutar ekan. Aytingchi, siz shu bolani nazarda tutmadingizmi? Umuman olganda ushbu yigit kino olamida o‘z o‘rnini topib keta oladimi. Aynan siz ushbu savolga javob bera olasiz deb o‘ylayman. Sababi, sport va san’atni birgalikda olib borayotgan kam sonli ijodkorsiz?

- Odatda, televizor kam ko‘raman. Ayniqsa, hozir bemaza seriallar ko‘payib ketgan. Turli xil oldi-qochdi ko‘rsatuvlar ham me’daga tegadi. Shuning uchun, bu bola borasida eshitgandekmanku, lekin ma’lumotga ega emasman. Faqat shuni ayta olamanki, hamma narsa insonning o‘ziga bog‘liq.

- O‘sha siz jang o‘tkazgan ulkan turnir “Asian Fight” haqida suxbatlashsak. Bu turnir borasida kimlardir ijobiy yana kimdir salbiy fikr bildirdi. Siz bu borada nima deya olasiz?

- Albatta ijobiy. Chunki, bunday ulkan turnirlarni har kim ham o‘tkaza olmaydi. E’tirozlar o‘sha Jan Klod Van Dam kelmaganligida bo‘ldi. Lekin bu tashkilotchilarni aybi emasdi. O‘rtada qandaydir o‘yinlar bo‘lib ketganga o‘xshaydi. Chunki, videorolik orqali chiqish qilib O‘zbekistonda ko‘rishamiz deb Jan Klodni o‘zi ham aytgandi. Lekin va’dasida turmadi. Shaxsan o‘sha musobaqani tashkil qilgan Aziz aka Jo‘raboev bu borada juda ko‘p mexnat qilgan edi.

- Jangovar film olishga bel bog‘labsiz. Aytingchi, qaysi yakkakurash ustalarini jalb etmoqchisiz?

- Musobaqalarda ishtirok etib yurgan mashhur sportchilarni nazarda tutmadim. Kaskadyor, murakkab tryuklar bajara oladigan aka-uka qadrdonlarim bor. Ularni bir joyga jamlab, imidjini, aktyorlik mahoratini sayqallagan xolda, saviyali kinokartina olish niyatidaman. Albatta, katta va’dalar berishdan yiroqman. Lekin qo‘ldan kelgancha harakat qilaman.

- Mashhur sportchilarni jalb etmayman dedingiz. Lekin taklif qilsangiz, bu kinoga bo‘lgan qiziqishni orttirishi mumkin. Mabodo, ko‘zga ko‘ringan sportchini kinoga jalb qilish niyati yoxud imkoni bo‘lganda kimni taklif qilgan bo‘lardingiz?

- To‘g‘risi, bu borada xali o‘ylab ham ko‘rmabman. Lekin shunday imkon bo‘lsa, yaqin do‘stim Murod Xonto‘raev va Shaxram G‘iyosovni taklif etgan bo‘lardim.

Ahmadbek EShMATOV tayyorladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!