Konor MakGregorning haddidan oshishiga UFC o‘z munosabatini bildirdi
UFC vitse-prezidenti Devid Shou, tashkilot irlandiyalik Konor MakGregorning raqiblarga qarshi qo‘pol gaplarini qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidladi.
"Biz, tashkilot sifatida, jangchilarga nima haqida gapirish mumkin yoki yo‘q deb shart qo‘ymaymiz.
Konor - bu ajoyib promouter, u nafaqat o‘zini reklama qiladi, balki umuman sport rivoji uchun ham ko‘p ishlarni qilgan. Ammo UFC raqiblarni kamsitadigan fikrlari va sharhlarini qo‘llab-quvvatlamaymiz”,- deya Shouning so‘zlarini keltiradi TASS.
Moskvadagi matbuot anjumanida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovni qo‘rqoq deb atagandi.



Fikrlar