Koke: "Safar o‘yinlarida bizga ishonch etishmayapti"

  • 22 oktabr, 14:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Koke Chempionlar ligasida "Arsenal"dan (0:4) uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob berdi. 

Tecno

Safar o‘yinlarida bizga nimadir etishmayaptimi? Albatta, g‘alabalar. Bugun bor kuchimizni berdik, ammo ba’zi jihatlar ishlamadi — ba’zan aynan shular hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Omadsizlikdandir, bilmayman, lekin safarda etarlicha yaxshi o‘ynay olmayapmiz. Ehtimol, o‘zimizga ko‘proq ishonishimiz kerakdir. Birinchi golgacha yaxshi harakat qildik. Bu — og‘ir kun bo‘ldi, — dedi Koke intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, Diego Simeone shogirdlari joriy mavsumda haligacha safarda g‘alaba qozona olmadi.

Eslatib o‘tamiz, 27 oktyabr kuni "matraschilar" Ispaniya chempionati doirasida yana bir safar uchrashuvini "Betis"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!