Klublarimizga ajratilgan byudjet OChLda muvaffaqiyat qozonish uchun etarlimi? - Mutaxassisdan javob

  • 23 avgust, 2022, 15:25
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarda faoliyat yuritayotgan va JCh-2022 tashkiliy qo‘mita a’zosi Alisher Nikimbaev intervyularining birida o‘zbek futbolidagi eng yaxshi davrning oxiri 2011 yil, deb aytgandi. Chindan ham o‘sha yili milliy terma jamoa kuchli, ichki ligamizda raqobat yuqori edi. Mutaxassis shu davring tugashi nima bilan bog‘liqligini aytdi.

Tecno

photo_2017-11-07_09-35-11

- O‘zbek futbolidagi eng yaxshi davrning oxiri 2011 yilda tugadi. Bu davrning tagushi nima bilan bog‘liq?

- 2010 yili “Paxtakor” va “Bunyodkor” klubi rahbarlarining faoliyatida o‘zgarishlar bo‘ldi, klublarda inqirozlar boshlandi, jamoalarda pasayish kuzatildi. Shundan keyin kuchli futbolchilarimiz xorijga yo‘l oldi, Rivaldo va Luis Felipe Skolari ketdi. Futbolimizning saviyasi pastga tusha boshladi. Lekin 2012 yili “Bunyodkor” yulduzlarsiz Osiyo Chempionlar ligasi yarim finaliga etib borgandi. Keyin ortga qarab ketdi.

- “Bunyodkor”ning 2012 yili legionerlarsiz OChL yarim finaliga borganidan kelib chiqib, pul futbolda katta rol o‘ynamaydi, deyish mumkinmi?

- Qanchadir miqdorda pul kerak, lekin pulsiz ham natijaga erishish mumkin. Nafaqat O‘zbekisttonda, balki xorijda ham. Buni “Lester” misolida ko‘rganmiz. Chunki birinchi navbatda murabbiy saviyasi va futbolchilarning ishtiyoqi. Biz nega 2011 yilgi Osiyo Kubogida yarim finalgacha borganmiz? Sababi futbolchilarning ishtiyoqi katta edi. 2010 yili futbolimizda boshlangan mojaro, “Paxtakor” va “Bunyodkor”dagi vaziyat futbolchilarga o‘zini ko‘rsatishi uchun qo‘shimcha motivatsiya bergan. O‘sha payt men federatsiyada ishlaganman, terma jamoa bilan emasku, lekin ko‘rganlarimdan xulosa chiqarganman. Qatar-2011dan keyin futbolchilar legionerga aylandi.

maxresdefault_8

- Hozirgi kunda o‘sha paytdagi katta pullar yo‘q. Yana shunday davr kelishi uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak?

- Balki faqatgina pul kerakmasdir. Faqat bor mablag‘ni to‘g‘ri sarflash bu - muammo. Pul osmondan tushmaydi. Masalan, Shota Arveladze paytidagi “Paxtakor”da bir millin evrolik futbolchi bor edi. Ancha oldin Markovich, Miladinovich o‘ynagan paytlarda bunday summadagi futbolchilar yo‘q edi. Aymoqchimanki, ba’zi paytlarda pul emas, uni qanday sarflash muhim. Buning echimini topsak muammoni hal qilgan bo‘lamiz. Shundan keyin pulsiz katta o‘sishga erishamiz.

- Klublarimizga ajratilgan byudjet OChLda muvaffaqiyat qozonish uchun etarlimi?

- Ha etarli. Murabbiylar va futbolchilar saviyasi. OChLda katta byudjetsiz ham bemalol o‘ynasa bo‘ladi. To‘g‘ri, BAAning “Al-Jazira”, “Al-Ahli”, “Al-Ayn” klublarida ba’zi paytlar smeta 100 million dollargacha borgan. Bizda bunaqasi bo‘lmagan. Yaqin yillarda shunaqa byudjet bo‘lishiga ishonmayman. Hamma klublarimizni qo‘shsak shuncha chiqsa kerak. Lekin o‘sha payt “Paxtakor” puli yo‘qligida ham “Al-Jazira”ni uyda va safarda yutgan. Demak, yutsa, o‘ynasa bo‘ladi. Qopdagi pullar futbol o‘ynamaydiku.

 

Bekzod ISAEV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
22/08/2022 19:24
Алишер гапни очиғини айтиш керак.