Kloppning orzusini boshqa o‘yinchi ro‘yobga chiqaradi

  • 17 iyul, 2021, 14:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp PSJga o‘tib ketgan Jordino Veynaldum o‘rniga “Atletiko” yarim himoyachisi Saul Nigesni olmoqchi edi. Ispaniyalik futbolchi “Barselona”ga o‘tishga yaqin turibdi va liverpulliklar bu transferning kelajagi borligiga ishonmayapti.

Tecno

Endi Kloppning maydon markazini kuchaytirish haqidagi orzusini portugaliyalik yarim himoyachi Renatu Sanshesh amalga oshirishi mumkin. Inglizlar “Lill”ning Frantsiya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan o‘yinchini Angliyaga ko‘chirib kelmoqchi.

Klopp 23 yoshli futbolchining xizmatlaridan uzoq muddat foydalanishni rejalashtirgan.

Qizig‘i, Renatu Sanshesh ilgari “Suonsi” tarkibida Angliya premer-ligasida, “Bavariya” safida Bundesligada o‘zini ko‘rsata olmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!