
Kloppga qudratli davlat terma jamoasini boshqarishni aytishdi
“Liverpul”dagi faoliyatini yakunlagan Yurgen Kloppga AQSh terma jamoasini boshqarishni taklif qilishdi. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.
AQSh futbol federatsiyasi mamlakat mezbonlik qilgan Amerika kubogi musobaqasidan keyin terma jamoa bosh murabbiyi Gregg Berxalterni vazifasidan ozod qildi. Terma jamoa o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqa olmadi.
Ma’lumki, keyingi jahon chempionati 2026 yili Amerika qit’asining uch davlati – AQSh, Meksika va Kanadada AQSh mezbonlardan biri sifatida terma jamoaning bo‘lajak mundialda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
AQSh futbol federatsiya Yurgen Klopp bilan dastlabki aloqalarni o‘rnatdi. Ular germaniyalik 57 yoshli murabbiyni hamkorlikka ko‘ndirishga harakat qiladi.
Fikrlar