Klopp yana “Liverpul”ni boshqarishi mumkin
Angliyaning amaldagi chempioni “Lverpul” ketma-ket to‘rt marotaba mag‘lubiyatga uchraganidan keyin bosh murabbiy Arne Slotning klubdagi kelajagi shubha ostida qoldi.
Bu voqealar fonida jamoaga Yurgen Kloppni qaytarish masalasi ko‘tarildi. Germaniyalik mutaxassis ham “Liverpul”ga qaytish ehtimoli borligini ta’kidladi.
- Men hech qachon Angliyaning boshqa klublarini boshqarmayman, - degan edim. Demak, bu mamlakatga murabbiy sifatida qaytsam, borar joyim faqat “Liverpul” bo‘ladi. Nazariy jihatdan buning imkoni bor, - dedi Yurgan Klopp.
Klopp 2015-2024 yillar davomida “Liverpul”ni muvaffaqiyatli boshqargan. Uning qo‘l ostida mersisaydliklar 2019 va 2020 yillarda Evropa Chempionlar ligasi va Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqqan.



Fikrlar