Klopp xavotirga tushib qoldi

  • 24 avgust, 2022, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasida jarohat olgan futbolchilar ko‘payib borayotganidan xavotirga tushmoqda.

Tecno

Xususan, liverpulliklarning mag‘lubiyati bilan  yakunlangan “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvda germaniyalik mutaxassis asosiy tarkib o‘yinchilaridan Joel Matp, Ibrohim Konate, Tyagu Alkantara xizmatidan foydalana olmadi.

Fabinoni ham boshlang‘ich tarkibga kiritish imkoni bo‘lmadi.

Avval, Klopp jarohatlar bilan bog‘liq muammolarni ichki rezerv orqali hal qilishni rejalashtirgandi. Endi buning imkoni yo‘qligi oydinlashdi.

- Biz jarohatlar masalasida juda murakkab vaziyatga tushib qoldik. Oxirgi haftada 14-15 ta o‘yinchi bilan mashg‘ulot o‘tkazishimizga to‘g‘ri keldi. Endi bu futbolchilarning jarohat olmasligiga umid qilishimiz kerak, chunki zaxirada boshqa o‘yinchi qolmadi.

Xavotirlar bilan “Bornmut”, “Nyukasl” va “Everton”ga qarshi o‘yinlarga tayyorlanamiz, - dedi Yurgen Klopp.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!