
Klopp VARni yo‘q qilish kerakmasligini aytdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp VAR va uning qanday ishlatilishi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"VARni yo‘q qilish kerakmi? Yo‘q, aslo. Shunchaki, undan to‘g‘ri foydalanish kerak. Eng to‘g‘risi ham shu, aslida", - deya qisqa gapirdi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsum APLda bir qator o‘yinlar hakamlar va VARdagilarning bir qator qo‘pol xatolari bilan yodda qolmoqda. Bu xatolar ayrim uchrashuvlarda natijalarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.
Fikrlar