Klopp: "Bu mening loyiham emasdi
"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp nega "Manchester Yunayted"ni emas aynan "mersisaydliklar"ni tanlagani haqida gapirdi.
"MYu vakillari bilan uchrashgan vaqtlarimda menga yoqmaydigan gaplar aytishardi. "Sen xohlagan futbolchingni olib beramiz deyishardi. Keyin bildimki, bu mening loyiham emas. Men Pogba transferini istamasdim - bu aniq natija bermasdi. Ronalduning qaytishini ham xohlamagandim. Bu ham foyda bermasdi. Ularning g‘oyasi, eng sara futbolchilarni olib kelish edi. Ammo futbol haqida umuman gap so‘z yuritishmas edi. Keyin esa "Liverpul"dan taqlif tushdi va uni qabul qildim. jamoa bilan loyiha bo‘yicha ish boshladiq", - dedi germaniyalik mutahassis.
Ma’lumot uchun, Klopp "qizillar"ni 2015-2024 yillar oralig‘ida boshqarib, jamoa bilan Chempionlar ligasi, Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va superkuboklarida zafar quchgan.



Fikrlar