Klaudio Raneri Rim derbisi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi

  • 5 yanvar, 15:28
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Raneri "Latsio" bilan bo‘ladigan o‘yin oldidan savollarga javob berdi.

Tecno

"Men uchun derbi – bu shaharni birlashtiradigan o‘yin. Derbi jamoaga boshqa o‘yinlarga qaraganda kuchliroq ta’sir qiladi. Turnir jadvali o‘zi hammasini ko‘rsatib turibdi, "Latsio" mavsumning birinchi yarmida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Ular yaxshi, tezkor futbol o‘ynashadi va puxta shakllangan o‘yin uslubiga ega. Bu – hisoblashishga arziydigan jamoa. Ammo boshqa tomondan, derbi – bu derbi, va uning o‘z tarixi bor", – deya italiyalik mutaxassisning so‘zlarini "Roma" matbuot xizmati keltirdi.

"Roma" va "Latsio" o‘rtasidagi o‘yin 5-yanvardan 6-yanvarga o‘tar kechasi 00:45 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!