
Kit Turman: "Jang qilishga hali kuchim etarli"
Yarim o‘rta vazn (66,6 kg) toifasida sobiq jahon chempioni Kit Turman (30-1, 22 KO) ikki yillik tanaffusdan so‘ng ringga qaytishi haqida gapirdi.
“Bilaman, bu barchamiz uchun qiyin. Balki, siz meni tez-tez ko‘rishni, ko‘proq narsa qilishimni xohlarsiz. Biroq ,hozir men 35 yoshdaman. Bu faoliyatimning ikkinchi bosqichi. O‘ylaymanki, jang qilishga hali ham kuchim etarli. Navbatdagi to‘qnashuvni intiqlik bilan kutyapman", - dedi Turman.
Eslatib o‘tamiz, Turman 2022 yilning fevral oyida Mario Barrios (28-2, 18 KO)ni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etganidan beri ringga chiqmagan. 30 mart kuni esa amerikalik, Tim Tszyu(24-0, 17 KO) bilan jang qiladi.
Fikrlar