Kimning o‘rniga? Gvardiola “Barsa"dan markaziy himoyachi olishga uringani oshkor bo‘ldi
“Manchester Siti” yozgi transferlar vaqtida markaziy himoyachini kuchaytirish uchun frantsiyalik futbolchi Jyul Kundeni o‘z safiga qo‘shib olishga uringani ma’lum bo‘ldi.
Bu haqda “Barselona” sport direktori Deku Mundo Deportivo nashri jurnalistlariga ma’lumot berdi.
- “Manchester Siti” bizdan Jyul Kundeni transfer qilish imkoniyati haqida so‘ragan edi. Biz buni rad etdik. Shundan keyin bu o‘yinchi bo‘yicha ramiy taklif ham bildirilgani yo‘q va hech qanday muzokara ham o‘tkazilmadi, - dedi Deku.
“Barselona” 2022 yilning yozida Jyul Kundeni “Sevilya”dan 50 million evroga transfer qilgan edi. 26 yoshli futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.



Fikrlar