
Kim eng yaxshi? Terma jamoamizning g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan uch nafar nafar futbolchi
"JCh-2026" saralashi doirasidagi Qirg‘iz Respublikasi hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi va unda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Joel Kojo hisobni ochgan bo‘lsa, Shomurodov navbatdagi hujumning o‘zidayoq muvozanatni tikladi. 35-daqiqada Odiljon Abdurahmonov qo‘shnilarimizni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Aliqulov tenglashtiruvchi, O‘runov esa g‘alaba golini kiritdi.
Shu tariqa, "oq bo‘rilar" ikkinchi turda ham 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Taniqli portal "SofaScore" portaliga ko‘ra, ushbu bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Eldor Shomurodov tan olindi. U 8.4 ballga loyiq ko‘rildi.
Gol - 1 ta
Assist - 1 ta
Paslar - 37/52 (71 foiz)
Aniq zarbalar - 2 ta
Dribling - 3 (2)
Bundan tashqari, Husniddin Aliqulov ham 8 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi:
Gol - 1 ta
Tozalashlar - 6 ta
Blok qilingan zarbalar - 2 ta
To‘p olib qo‘yish - 2 ta
Aniq zarbalar - 2 ta
Duellarda - 3 (2)
Havodagi duelarda 4(2)
"SofaScore" talqiniga ko‘ra, termamiz safida uchinchi ko‘rsatkichni g‘alaba goli muallifi Oston O‘runov (7.9) qayd etdi:
Gol - 1 ta
Assist - 0 ta
Aniq zarbalar - 3 ta
Dribling - 5 (2)
Paslar - 36/43 (84%)
Kalit paslar - 1 ta
Ma’lumot uchun, Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘yinda o‘z darvozasi tomon 2 ta aniq zarbani ham qaytara olmay, 0 ta seyv amalga oshirgan O‘tkir Yusupov termamiz safida eng past ballga loyiq ko‘rildi.
Fikrlar