Kilian Mbappe: "Krishtianu Ronaldu – men uchun ideal futbolchi"
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe o‘zining bolalikdan kumirim bo‘lgan Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"Ronaldu har doim men uchun namuna bo‘lgan. Undan o‘rnak olganman. Omadim kelganki, biz hozir suhbatlasha olamiz, u menga maslahatlar beradi va yordam qiladi.
Krishtianu – birinchi raqamli o‘yinchi, "Real"ning haqiqiy ramzi. Odamlar hanuz uni eslab, u haqda gapirishadi", – dedi Mbappe "Movistar" telekanaliga bergan intervyusida.



Fikrlar