
Keyn "Bavariya"ga o‘tish sababini aytdi
Myunxenning "Bavariya" klubi markaziy hujumchisi Xarri Keyn Londonning "Tottenxem" klubidan nemis klubiga o‘tishi sabablari haqida gapirdi.
“Agar oldinga siljishni istasangiz, yuqori saviyada ishlashingiz kerak. Buning uchun iz sdunyoning eng yaxshi futbolchilari safida bo‘lishingiz kerak. Chempionlar ligasida o‘ynaymiz va sovrinlar uchun kurashamiz, - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi "The Guardian" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Keyn yozgi transfer oynasida "Bavariya" safiga qo‘shildi. Bitim summasi 100 million evroni tashkil etdi. Hujumchi myunxenliklar bilan 2027 yilning yoziga qadar uzoq muddatli mehnat shartnomasi imzoladi.
Fikrlar