
Keyingi raqib – “Andijon”!
Rossiya Premer-ligasi vakili TsSKA mavsumning ikkinchi qismiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Armiyachilar” jamoasidagi legionerimiz Abbosbek Fayzullaev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Osiyo kubogida qatnashayotgani dois, TsSKA yig‘inlarini o‘tkazib yuboryapti.
Vladimir Fedotov shogirdlari qishki yig‘inning dastlabkisini Abu Dabida o‘tadi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari Moskvaning “Torpedo” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bilan yakunlandi.
Bu bahsda TsSKA futbolchilari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi “armiyachilar” tayyorgarlik mashg‘ulotlarini Turkiyaga ko‘chiradi. TsSKA futbolchilari navbatdagi uchrashuvni 1 fevral kuni “Andijon” jamoasiga qarshi o‘tkazishi bo‘lgilangan.
“Andijon” qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Antaliyaga keldi. Klub matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, andijonliklar Turkiyada TsSKAdan tashqari Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi, “Selimbar” va “Korvinul Xunedora” (Ruminiya), “Chernomorets” (Ukraina), “Belusa” (Slovakiya), “Valmiera” (Latviya) jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Fikrlar