
Kevin De Bryoyne kutilmagan qarorga keldi
“Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuynening klub bilan amaldagi kelishuvi shu yilning 30 iyun kuni yakunlanadi.
Shu bois, Evropa, AQSh va Saudiya Arabistonining bir necha klublari tajribali yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilayotgan edi.
Belgiyalik yulduz kutilmagan qaror keldi.
Deadline Day Live nashrining ma’lum qilishicha, 33 yoshli futbolchi Manchesterdan ketish fikridan qaytgan va qadrdon klubi bilan hamkorlikni uzaytiradigan bo‘lyapti.
Kevin de Bryuyne “Genk” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida “Chelsi”, “Volfsburg” va “Verder”da ham faoliyat yuritgan. “Manchester Siti” belgiyalik charm to‘p ustasini 2015 yili o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
Fikrlar