
Kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchi katta daromad keltirdi
“Chelsi” rahbariyati murabbiylar shtabiga kerak bo‘lmay qolgan tarbiyalanuvchini yaxshi narxga transfer qildi.
Vaziyatni kuzatib borgan taniqli jurnalist Fabritsio Romano Ian Maatsen “Chelsi”ni to‘liq tark etib, Apngliya Premer-ligasining boshqa klubi – “Aston Villa”ga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lganini tasdiqladi.
Ian Maatsen yakunlangan mavsumni ijara asosida “Borussiya Dortmund”da o‘tkazgan edi. Himoyachining o‘yini ko‘pchilikni e’tiborini tortdi.
“Chelsi” o‘z tarbiyalanuvchisini 37,5 million funtga baholadi. Niderlandiyalik futbolchini o‘z safida olib qolishga harakat qilgan dortmundliklar bu summani to‘lay olmadi.
“Aston Villa” esa, talab qilingan summani to‘lashga rozilik berdi.
Fikrlar