
Kepaga “non” qolmadi
Dunyoning eng qimmat darvozaboni Kepa Arrisabalaga ko‘p gol o‘tkazayotganiga qaramay, o‘zini asosiy tarkibga munosib, deb hisoblamoqda.
Angliya premer-ligasining navbatdagi turida “Chelsi” darvozasi qariya darvozabon Villi Kabaleroga topshirilgani va “Renn” posboni Eduar Mendi olib kelingani uchun jamoadan ketish payiga tushib qoldi.
Kepa o‘z agentlariga transfer bozori oxirigacha o‘ziga Ispaniyadan jamoa topish vazifasini topshirdi. Shunday bo‘lsa-da, hozircha birorta jamoa transferi 80 million evrolik golkiperga qiziqish bildirgani yo‘q.
Fikrlar