Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashayotgan Murzoev Maxaradze bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

  • 5 sentabr, 2022, 14:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha juda xunuk xabar tarqaldi. “Lokomotiv”ning ayrim o‘yinlari shubha ostiga olingan va unda jamoa a’zosi Kaxi Maxaradzening ishtirok etgani asosiy mavzuga aylandi. Sports.uz sayti bu haqida birinchi bo‘lib bong urdi.

Tecno

Endi bu yog‘i nima bo‘ladi, deb o‘ylayotgandirsiz! Ayni paytda surishtiruv ishlari boshlangan. O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev esa kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish uchun bir qator ishlarni amalga oshirib kelayotganini bilardik. Ammo bu yoqda kimlardir noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketgani ayon bo‘lib bormoqda. Vaziyatdan kelib chiqib Murzoevga murojaat qildik.

“Bilgandim, savollaringiz bo‘yicha. Faqat imkon bo‘lsa, bu pozitsiya bo‘yicha gapirishga bir-ikki kun muddat bersangiz. Ushbu xunuk masala bo‘yicha hozir surishtiruv ishlari ketyapti. Biz ham hozir O‘FAdamiz. Avval bunga to‘liq aniqlik kiritish kerak. Chunki podadan oldin chang chiqarib qo‘yib, ertaga nafaqat Maxaradzeni reputatsiyasi, bu yoqda o‘zbek futbolini hamda “Lokomotiv” futbol klubini ham sha’ni bor. Shuning uchun barchasiga to‘liq aniqlik kiritganimizdan so‘ng sizga ma’lumot bersak.

Albatta, pozitsiya nuqtai nazaridan gapiradigan bo‘lsam, bu juda xunuk holat. Nima uchun? Bu yil kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish maqsadida alohida FIFPro va FIFAning loyihasi ham o‘zbek futbolchilariga taqdim etilgandi. Mana shunday vaziyatda bunday xunuk holatning chiqishi albatta achinarli. Endi asta-sekinlik bilan obro‘ini tiklayotgan o‘zbek futboli uchun kutilmagan qaltis holat. O‘ylaymanki, hammasi o‘z iziga tushib hal etiladi. Agar bunday vaziyatda kimdir aybdor bo‘lsa, albatta o‘z jazosini olishi kerak”, deydi - Kamoliddin Murzoev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Muhiddin
05/09/2022 14:17
Тезроқ аниқлашса эди
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
05/09/2022 18:59
Bula sherga ham. shani obruyi uylayapmiz deydi. bulmasa Shani uylap. uzbek Fudbolini ulderdilaringku. keyin. Vaqtiga Diyor aytuvdi. Hokimiyat pul berganidan keyin hohlasa uynatadi hohlasa uynatmaydi devdi. hammasi ayonki. bizaga. oddiy misol. vaqtiga. yuq joydan Mashalni Oliy legadan tushirib. urniga boshqa kamandalarni chiqaruvdizla. eng kulgulisi Mashalni poliyasi talapka javob bermaydi deyishuvdi.
Baxil Alihuja
05/09/2022 16:50
Камолиддин жуда тугри фикр билдирибди! Уз устида ишлаётгани ва маъсулият билан ёндошаётгани куриниб турибди. У билимли дипломатларга хос жавоб берибди.
Baxil Alihuja
05/09/2022 16:47
Узбекистонда футболни ривожига, таълим ва согликни саклашга жавобгар бу президентни маслахатчиси Абдужаббор Абдувахитов алайхилаъна эди!!! Мен бу махлук билан сухбатлашганимда Узбекистонда тотализатор килиш хакида фикримни сураб, шу борада бирга ишлашни таклиф килганди. Айнан шу махлук таълим вазирларини, спорт ва олимпия кумитаси рахбарларини тайинлайди. УФА ни йигилишларида доимо катнашиб туради. Расмларни куриб борсангиз, ишонч хосил киласиз. Бошка барча ходимлар 1тийин эди. УФА ни хамма рахбарлари шу ифлосни тасдигидан сунг тайинланган. У ишдан кетди.
Akram Haedarov
05/09/2022 14:20
Gapdi ob qochoptiku kahini oqlab berishsa lekin qoil qolaman
&
Muhiddin
05/09/2022 14:18
Yuo tubda jonli efir qachon boladi. Kutyabmiz