
Kavani PSJ muxlislariga xayrlashuv maktubini yo‘lladi
"Salom, Parij. Salom, do‘stlar. Men biroz muddat o‘tgach, ushbu maktubni yo‘llashga qaror qildim. Vaqt sizni bo‘lib o‘tgan voqealarni chuqurroq tahlil qilib ko‘rishga undaydi. Buni hamon jamoa uchun kurashayotgan jamoadoshlarim uchun qildim. Endi esa, hammaga rahmat aytmoqchiman. Menga chin dildan muxlislik qilgan barchaga minnatdorlik bildiraman. Yakunga ham etib keldik.
Jamoani tark etish juda og‘ir qaror bo‘ldi. Og‘ir mehnat va natijalar menga doim huzur bag‘ishlardi. Sizlar bilan o‘tkazgan davrim doim xotiramda muhrlanib qoladi. Shunday ekan, sizlarga yana bir bor rahmat aytmoqchiman. 7 yil davomida qo‘llab-quvvatlaganingizdan mamnunman. Chao", - dedi "Manchester Yunayted"ning yangi futbolchisi.
Fikrlar