“Siti”ga “kichkina Pep” kelmoqda!
“Leyptsig” markaziy himoyachisi Yoshko Gvardiol “Manchester Siti”ning navbatdagi transferi bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi Marca nashri.
Yoshkoning familiyasi “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolanikiga o‘xshashligi sababli uni “kichkina Pep”, deb ham atashadi.
Xorvatiyalik himoyachining “Leyptsig” bilan 2026 yilning 30 iyunigacha davom etadigan shartnomasi bor. Lekin manchesterliklar bu transferni 35 million evro evaziga hal qilishi mumkin.
Gvardiol o‘tgan mavsumda Bundeliga vakili safida 45 marotaba maydonga tushib, bir juft gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.



Fikrlar