
Katerjina Sinyakova o‘z maqsadi sari olg‘a bormoqda
Chexiyalik tennischi Katerjina Sinyakova Nyurnberg shahrida o‘tkazilayotgan musobaqaning ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi.
Katerjina birinchi davrada Lyuksemburg vakilasi Mendi Minellini, uch setda, – 1:6, 6:3, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, "Nürnberger Versicherungscup" musobaqasida Sinyakova chorak finalga chiqish uchun shvetsiyalik Yoxanna Larssonni sinovdan o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar