Karlo Anchelotti: Ibragimovichga qo‘ng‘iroq qilib, uni "Napoli"ga taklif qilaman

  • 20 oktabr, 2019, 11:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shvetsiyalik forvard Zlatan Ibragimovichni o‘z jamoasiga chaqirmoqchiligini aytdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ibragimovichning o‘zi ham “Napoli”da o‘ynashga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

“Bugun kechqurun Ibragimovichga qo‘ng‘iroq qilaman va uni kutayotganimizni aytaman. Men unga judayam bog‘lanib qoldim. U qanday qilib MLSning 30 ta o‘yinida 29 ta gol urganini ko‘rdim. Ertaga u bilan bo‘lgan suhbat tafsilotlarini sizlarga ma’lum qilaman”, - deydi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli Ibragimovichning “Los-Anjeles Gelaksi” bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning dekbrida o‘z nihoyasiga etadi va shundan so‘ng u erkin agentga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!