
Karate. Osiyo chempionatining ilk kunida beshta medal qo‘lga kiritdik
Bugun poytaxtimizda karate WKF bo‘yicha turli yosh toifalaridagi qit’a birinchiligiga start berildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, musobaqaning dastlabki kunida o‘smirlar yosh toifalarida kata va kumite bo‘yicha yakkalik hamda jamoaviy yo‘nalishdagi bahslar o‘tkazildi. Quvonarlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 5 ta medalga sazovor bo‘ldi. Yagona oltin medalga 14-15 yoshli o‘smirlar o‘rtasida +70 kg vazn toifasida kechgan kumite bahslarida Muhammadrizo Abdulatipov egalik qildi. Batafsil:
Oltin medal:
Kumite (14-15 yosh), +70 kg: Muhammadrizo Abdulatipov
Kumush medal:
Kumite (14-15 yosh), -52 kg: Humoyunmirzo Halimov
Bronza medal:
Kata (16-17 yosh): Abdulaziz Rasulov
Jamoaviy kata (16-17 yosh), o‘g‘il bolalar
Jamoaviy kata (16-17 yosh), qiz bolalar
Fikrlar