
Kapello Ronalduni nega tanqid qildi?
Xabaringiz bor kecha “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Milan”ga (1:0) qarshi o‘yinda 55-daqiqada zaxiraga olindi va bunga norozilik sifatida to‘g‘ri kiyinish xonasiga kirib ketdi.
Taniqli italiyalik mutaxassis Fabio Kapello 34 yoshli portugaliyalik futbolchining ushbu xatti-harakatlarini salbiy baholadi.
“Ronalduning qilgan ishini xunuk bo‘ldi. Chempion xatto maydondan chiqib ketayotganida ham o‘zini chempiondek tutishi kerak. U hech bo‘lmaganda jamoadoshlarini ozroq hurmat qilishi kerak”, - deydi Kapello.
Eslatib o‘tamiz, Sarri Ronalduni ketma-ket 2 ta o‘yinda almashtirdi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum “Yuventus” safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 2 ta assistga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar