
"Kantona kuchliroqmi yoki Ronaldu" — Skoulz javob berdi
«Manchester Yunayted»ning sobiq yarimhimoyachisi Pol Skoulz hujumchi Krishtianu Ronalduni jamoaning sobiq afsonasi Erik Kantona bilan taqqosladi.
"Erik Ronalduga juda o‘xshash bo‘lgan, ammo Krishtianu hali ham boshqa darajadaligini isbotlab kelmoqda. Erik shunchaki yuzaki mashq qilardi, u sport zaliga borishni umuman yoqtirmagan.
Krishtianu esa mutlaqo boshqa olam. U mashg‘ulotdan oldin ham, keyin ham ishlashni xush ko‘radi. U APLda eng kuchli futbolchi sifatida nimalarga e’tibor berish kerakligini bilishni juda ham xohladi va bunga faqatgina o‘z ustida ishlash orqali erishish mumkinligini tushunib etdi.
Men hech qachon sport bilan kuni bo‘yi shug‘ullanadigan odamni ko‘rmaganman. Ronaldu ingliz futbolchilari hech qachon qila olmagan me’yorlarni bajardi va bu hammasi emas. Etuk formasidan so‘ng ham u tinimsiz sport zallariga borishdan charchamayapti. U buning uchun barcha qiyinchiliklarni engib o‘tdi. Shubhasiz, u Kantonadan kuchli", — deydi Skoulz.
Fikrlar