
Kante "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
“Chelsi” klubi yarim himoyachisi N’Golo Kante APLning 1-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda ishtirok etmasligi mumkin. Bu haqda “aristokratlar” bosh murabbiyi Frenk Lempard aytib o‘tdi.
“Kante sog‘lom, lekin u “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda ishtirok etadimi yoki yo‘q buni bilmayman. Bu boradagi yakuniy qarorni o‘yindan oldin o‘zim qabul qilaman”, - deydi Lempard.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" - "Manchester Yunayted" bahsi 11 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar