Kannavaro Osiyo terma jamoasini boshqarishi mumkin

  • 30 sentabr, 15:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Insayder Nikola Skiraning xabar berishicha, 29 sentyabr kuni Milanda Xitoy futbol federatsiyasi va Fabio Kannavaro o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, xitoyliklar italiyalikni terma jamoani boshqarishga ko‘ndirish uchun yangi taklif tayyorlagan. Avvalroq Kannavaro ularning taklifini rad etgandi - u Evropadan taklif bo‘lishiga umid qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Kannavaro Xitoyda ishlash tajribasiga ega edi: u 2014-2015 yillarda va 2017-2021 yillarda "Guanchjou" klubini boshqargan. 2019 yilning bahorida u Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajargan va uning qo‘l ostidagi jamoa ikkita o‘rtoqlik o‘yinida - O‘zbekiston va Tailandga yutqazgan.

Kannavaro ishlagan so‘nggi klub Zagrebning "Dinamo" klubi edi. U bu lavozimni uch yarim oydan so‘ng aprelda tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!