Kannavaro: "Jahon chempionatida o‘zbek xalqini xursand qilish uchun harakat qilamiz"

  • 6 dekabr, 15:48
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining  "K" guruhidan joy oldi va Portugaliya, Kolumbiya, Yangi Kaledoniya, Yamayka yoki Kongo jamoalar bilan keyingi bosqich uchun kurash olib boradi.

"Oq bo‘rilar" bosh murabbiyi Fabio Kannavaro qur’adan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasiga post joylab, o‘z firklari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Vashingtonda men  Jahon chempionati qur’asida ishtirok etdim va birgina narsa haqida o‘yladim: O‘zbekiston. Raqiblarimizning nomi hali e’lon qilinmasidan oldin ham, hayolim jamoada edi. Qur’a davom etayotganida ham, O‘zbekistonni o‘yladim. Raqiblarimiz aniqlangandan keyin ham, yana o‘ylashda davom etdim.

Chunki bu Jahon chempionatida O‘zbekistoning birinchi ishtiroki bo‘ladi va bu mukammal bo‘lish uchun bor kuchimizni sarflashimiz kerak. Jahon chempionatida o‘zbek xalqini xursand qilish uchun harakat qilamiz. Portugaliya, Kolumbiya va uchinchi raqib — Yangi Kaledoniya, Yamayka yoki Kongo. Ularga hurmat bilan qaraymiz. Ammo eng avvalo, o‘zimizga va muxlislarimizga katta hurmat bilan yondashamiz", -- deb yozdi italiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qiladigan mundial 2026 yilning 11 iyunidan start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!