Kanchelskis Yuranni tanqid qilib, O‘runov atrofidagi vaziyat qachon o‘zgarishini aytdi

  • 16 dekabr, 2020, 09:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor”ning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis  “SKA-Xabarovs” bosh murabbiyi Sergey Yuranning o‘zbek legioneri Oston O‘runovning yoshi kichraytirilgani haqidagi shov-shuvli chiqishlariga o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

- Nima Yuranning o‘zi futbolchining yoshini “urib” berganmi? Yoki hammasining tepasida turganmi? Buni qaerda bildi? Bu hech kimga ma’lum emas. Futbolchining yoshi kichraytirilgani haqidagi gaplar meni hayron qoldiradi. Men O‘zbekistonda ishladim va bunaqa holatga duch kelganim yo‘q. Bunaqa narsalar bosh murabbiy vakolatiga kirmaydi. Mening qo‘l ostimda futbolchi bormi, u bilan ishlayman. Bori shu.

Albatta, O‘runovning “Spartak”dagi ishlari yurishyapti, deya olmayman. O‘yin amaliyoti etishmayotgan yoki Tedesko uni boshlang‘ich tarkibga qo‘ymayotgan bo‘lsa, kelajagi  haqida bir qarorga kelishi kerak. Lekin qishki yig‘inda O‘runov atrofidagi vaziyat tubdan o‘zgarishi mumkin, - dedi Andrey Kanchelskis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rustamov Dilmurod
16/12/2020 18:34
Malades Kanchelskiyni Odamiylik ha qoyil omadingni bersin kanchelskiy Namangan lik muxlislar sendan minnatdor