Kamtarinlikni undan o‘rganing

  • 27 yanvar, 2021, 19:10
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda, Ngolo Kantening o‘yinlari keskin pasayib ketgani bor gap. Hozirda, «Lester»dagi yoki Antonio Kontening «Chelsi»sidagi Ngoloni ko‘ra olmayapmiz. Kantening faoliyatidagi pasayish sababli u haqida maqola yozish maqsadida internetni «kovlashtirayotgan» edim. Nogoh ko‘zimga, ancha avval bir nechta xorij saytlarida e’lon qilingan qiziqarli voqeaga ko‘zim tushib qoldi. To‘g‘risi, o‘qib ta’sirlandim. Kantening shaxs sifatida qalbi buyukligiga shaxsan menda hech qanday shubha qolmadi. Eskirgan bo‘lsada, odamiylikning eng yuqori namunasi bo‘lgan voqeani siz azizlarga ham ilindim.

Tecno

«Chelsi» mashg‘ulotlar bazasidan erta chiqqan Ngolo Londondan Parijga ekspress tezyurar poezdga chipta xarid qildi. Uning oilasi Parijda istiqomat qilar, futbolchi vaqt topishi bilan oilasiga shoshilardi.

haha

Qahramonimiz o‘z klubida eng katta maosh olsada, qiyinchilikda katta bo‘lgani uchun pullarni havoga uchirishni yoqtirmaydi. Uning oilasi kattagina bo‘lib, aka-ukalarini yolg‘izlatib qo‘ymaydigan qahramonimiz hamma uchun birdek qayg‘uradi. U o‘zining kamtarona minikuper mashinasida vokzalga keldi va chipta xarid qilish uchun kassa oldiga yaqinlashdi. Uni tanib qolgan londonliklar dastxat so‘rab ancha vaqtini olib qo‘yishdi. Kamtarin Ngolo hech kimni dastxatsiz qoldirmadi va chipta olishga zo‘rg‘a ulgurdi. Vokzalda poezdini kutib o‘tirgan chog‘ida soatiga qarasa, asr namozi o‘tib ketishiga ozgina qolipdi. Qahramonimiz yaratganga ibodat qilish uchun masjidga shoshildi…

Asr namozidan so‘ng duo qilib uzoq qolib ketdi shekilli vokzalga qaytganida ekspress ketib bo‘lgan edi. Kante biroz nima qilishni bilmay turdi. Uydagilarga qo‘ng‘iroq qildi va kech qolishini aytib, yana masjid tomon yo‘naldi chunki hademay shom namoziga azon aytilishi kerak edi. Shom namozini ado qilgan «Chelsi» yarim himoyachisi masjiddan chiqqanida eshik tagida 4 yigit uni kutib turishar edi…

Ular Ngolo bilan quchoqlashib ko‘rishishdi va uzoq suhbatlashib qolishdi. Londondga ishlashga kelgan yigitlar o‘zlari sevgan futbolchini masjidda ko‘rib quvonishganini izhor qilib uyga taklif etishadi. Ngolo esa samimiy tabassum bilan rozi bo‘ladi. Kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan yigitlar o‘sha kuni qahramonimizni qo‘ldan kelgancha mehmon qilib, yarim tungacha suhbatlashib, «Play Station» o‘ynab o‘tirishadi. Ular Ngoloni shu erda behijolat tunab qolishi mumkin ekanligini aytib qolishini so‘rashadi. Kamtarin futbolchi esa xuddi o‘zi singari musofir yigitlarning yuzlaridagi yalinchoq ifodaga qarab yo‘q deya olmaydi va pokistonlik muhojirlarning 2 xonali ijara uylarida tunab qoladi.

haha6

Bomdod namozidan so‘ng yigitlar uni vokzalgacha kuzatib chiqishadi va birodarlari bilan quchoqlashib xayirlashishdida ortga qaytishadi…

Ushbu voqeani o‘zlari ishlaydigan zavoddagi hamkasblariga aytib berishganida hech kim ishonmaydi… Yigitlardan biri o‘z uyida Ngolo bilan «Fifa 18» o‘ynab o‘tirgan suratini Instagramga joylashtiradi va bu bir zumda trend mavzuga aylanadi. Qiziquvchan ingliz jurnalistlari ushb mavzu yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borishadi va vaziyatni oydinlashtiradi. Ngolo o‘sha kuni akasining tug‘ilgan kuniga shoshilib ketayotgan ekan. «Chesli» futbolchisi klub mutasaddilaridan 2 sutkaga uyga borib kelishga ruxsat so‘ragan ekan. Musofir birodarlarining iltimosini rad eta olmagan Ngolo aslida o‘sha kuni kamtarona mehmondorchilikdan so‘ng yana klub bazasiga qaytib ketgan edi…

Darhaqiqat, haftasiga 500 ming AQSh dollari ishlab topsada o‘zligini yo‘qotmagan kante butun dunyo musulmonlarini yana bir bor hayratga soldi. Kante musofirlarning uyida ulardan qo‘rqqani yoki uyalgani uchun emas, insoniylik vajidan qoldi.Birodarlarining yarim ko‘nglini

cho‘ktirmasligi uchun o‘z istaklariga qarshi chiqsada ularni xushnud qila oldi …

Darhaqiqat, Ngolo har jabhada bugungi kun futbolchilari uchun o‘rnak bo‘la oladi. Pol Pogba Jahon chempionligini qo‘lga kiritgach, «L'equipo» nashri uchun kattagina intervyu bergan edi. O‘sha suhbatda, «Manchester Yunayted» futbolchisi Ngolo haqida ta’sirlanib so‘zlagan, uning hayotda qanchalar kamtarin ekanligini ifodalab bergan edi.

hahah4

«Bilasizmi, u o‘zgacha. U sira bizga o‘xshamaydi. Undagi kamtarlik va uyatchanlik bugungi avlod futbolchilari uchun umuman begona. Biz Argentinani mag‘lub etgan o‘yinimizda u eng katta ishni bajarib berdi. Biz uchrashuv oldidan Leo Messini qanday qilib bo‘lsada to‘xtatib qolishimiz lozimligini bilar edik. Eng qiyin vazifani Kantega yukladik. U o‘sha uchrashuvda Messiga hech qanday imkon qoldirmadi. O‘yindan keyin kiyinish xonasida katta bayram uyushtirdik. U esa, bir chekkada indamay jilmayib o‘tirar edi. Vaholanki aynan u bayramning asosiy sababchisi edi. Finaldan so‘ng, sovrinni bizga topshirishdi. Esdalik uchun barcha futbolchilar rasmga tushdik. Keyin hamma alohida suratga tushdi. Qarsam Kante iymanib bir chetda turibdi. Uni jurnalistlar suratga tushishga zo‘rg‘a ko‘ndirdi. Kante tortinib bo‘lsada media olam vakillarining iltimosini bajardi. To‘g‘risi, u bilan qisqa muddat birga bo‘lgan bo‘lsakda, juda iliq xotiralar qoldi.»

haha2

Darhaqiqat, qimmatbaho mashina yoki olmos bilan bezatilgan soat futbolchining darajasini bildirmaydi. Bu uning imijiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, biroq shaxs sifatida o‘sishiga yordam bermaydi. Kante bugungi kun futbolchilari uchun chinakam namuna.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!