
Kamoliddin Tojiev: "Ikkita xato ikkita gol bilan tugadi"
Superliganing 22-turda "Paxtakor" jamoasi safarda "Qizilqum" bilan kuch sinashdi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- To‘pni va o‘yinni nazrot qilib ikki to‘p farqi bilan yutqazdik. Ikkita xato ikkita gol bilan tugadi.
- "Paxtakor"ga nima etishmayapti?
- Bizda gol kiritadigan hujumchi yo‘q. Vaziyatlar yaratib darvozaga tepmasa, gol bo‘lmaydi.
- Xoldorxonovning maydonga tushishi hujumni kuchaytirirish rejasi edimi?
- Biz 3 markaziy himoyachi bilan to‘p tepayotgan edik. Keyin mudofaa vakillari sonini 4 taga etkazib Xoldorxonovni hujumga tashladik. Azmiddinov qanot himoyachisi vazifasini bajardi. Bir-ikki o‘zgarish nishonga tegmadi.
- Qarshidagi ikki uchrashuvda ham ochko yo‘qotdingiz, buni stadionga qandaydir taalluqli joyi bormi?
- Maydonning ta’siri emas. Bugun ikkita xato qildik va bu gol bo‘ldi. Ba’zida 20 ta xato qilganda ham raqib darvoza oldiga yaqinlasha olmaydi.
- "Paxtakor" sovrinli o‘rinlar uchun kurashdan chiqdimi?
- Nega? Biz oxirigacha kurash olib boramiz.
Fikrlar