Kamerundan uchralgan mag‘lubiyat ham Braziliya terma jamoasining ijobiy statistikasini "buzib" qo‘ya olmadi

  • 3 dekabr, 2022, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi o‘z tarixida 16-marta jahon chempionatlari guruh bosqichini 1-o‘rinda yakunladi. Janubiy Amerika grandi bu borada eng yaqin taqibchisi hisoblangan Germaniyadan (12) 4 martaga ko‘proq natijaga erishgan.

Tecno

Qolaversa, pentakampeonlar 1982 yildan buyon ketma-ket 11 ta jahon chempionatida o‘z guruhida g‘olib chiqishgan.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi guruh bosqichining so‘nggi turida Kamerun terma jamoasiga shov-shuvli tarzda mag‘lub bo‘ldi (0:1). Ammo bu mag‘lubiyat ham ushbu terma jamoaning “G” guruhida birinchi o‘rinni egallashiga to‘sqinlik qilolmadi.

Yana bir e’tiborli jihati, Braziliya terma jamoasi jahon chempionatlarining guruh bosqichida 17 ta o‘yindan buyon ilk bor mag‘lub bo‘ldi.

Endi Tite shogirdlari mundialning navbatdagi bosqichida “H” kvartetida ikkinchi o‘rinni egallagan Janubiy Koreya termasi bilan to‘qnash keladi. Ushbu o‘yin 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!