Kamavinga terma jamoa qarorgohini tark etdi
"Real Madrid" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga jaroxat sabab terma jamoasiga yordam bera olmaydi.
Ta’kidlanishicha, frantsiyalik futbolchi jarohatidan tuzalmagani uchun terma jamoa qarorgohini erta tark etdi. 23 yoshli futbolchi Ukrainaga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda maydonga tushmadi. Bundan tashqari, Ozarbayjon bilan bo‘lajak baxsga ham tayyor bo‘la olmasligi ma’lum bo‘lgan. Shu sababdan ham futbolchi Madridga qaytadi. Ma’lum bo‘lishicha, jarohat jiddiy emas va tiklanish uchun ko‘p vaqt talab etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "uchranglilar"ning Ozarbayjonga qarshi uchrashuvi 16 noyabr kuni soat 22:00 da start oladi.



Fikrlar