Kamaru Usman - Xorxe Masvidal jangi yakunlandi

  • 25 aprel, 2021, 09:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

"UFC 261" turnirining markaziy jangida yarim o‘rta vazn toifasi chempioni nigeriyalik Kamaru Usman yana bir yulduz BMF chempionlik kamari sohibi Xorxe Masvidalga qarshi oktagonga ko‘tarildi. 

Tecno

Bu ular o‘rtasidagi ikkinchi jang edi. Dastlabki to‘qnashuvda esa Gilbert Byornsni o‘rnini to‘ldirgan Masvidal ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. 

Revansh jangiga esa Masvidal to‘la tayyorgarlik bilan etib kelgandi. Birinchi raund biroz sokin tarzda, asosan Usmanning teyk-daun"i hamda bir nechta aniq zarbalarini hisobga olmasa, u qadar e’tiborli vaziyat bo‘lmagan edi. Biroq ikkinchi raundda Usmanning o‘ng qo‘l zarbasi jang taqdirini hal qildi. Ya’ni nigeriyalik jangchi nokaut bilan o‘z chempionlik kamarini himoya qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!