“Kalyari”da noxush holat, Raneri Shomurodovga suyanadi!

  • 24 sentabr, 2023, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning A Seriyasining beshinchi turida Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Kalyari” jamoasi Bergamoda “Atalanta” mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Yuqori divizion debyutanti bo‘lgan sardiniyaliklar joriy chempionatda hali g‘alaba nashidasini surgani yo‘q. Kludio Raneri shogirdlari ikkitadan durang va mag‘lubiyat qayd etgan. “Atalanta”ning ishlari ham biroz yurishmayapti. Jan Pero Gasperini jamoasi to‘rtta o‘yindan ikkitasini boy bergan.

image_2023-09-09_05-51-05

Bergamodagi bahs har ikki jamoa tomonidan faqat g‘alaba uchun bo‘ladi.

O‘yin oldidan Klaudio Raneri kutilmagan muammoga duch keldi. Asosiy tarkibning uch futbolchisi betobligi tufayli Bergamoada sardiniyaliklarga yordam bera olmaydi. Tajribali hujumchi Leonardo Pavoletti va chexiyalik yarim himoyachi Yakub Yanktoda oshqozon bilan bog‘liq muammo kelib chiqdi. Alessandro Di Pardoning isitmasi ko‘tarilib ketgan.

Shu bois, murabbiylar shtabi “Atalanta” bilan o‘yinga 20 nafar futbolchini olib keldi.

Darvozabonlar:  Radunovich, Skaffet, Aresti

Himoyachilar:  Goldaniga, Dossena, Xatsidiakos, Obert, Zappa, Aujello, Atstsi

Yarim himoyachilar:  Nandez, Viola, Deyola, Prati, Sulemana, Makumbu

Hujumchilar:  Petanya, Luvumbo, Oristanio, Shomurodov

Klaudio Ranerini xursand qilgan xabar ham bor. Katta umidlar bilan olib kelingan Andrea Petanya jarohatidan qutilib, safga qaytdi.

Italiya futboli tahlili bilan shug‘ullanayotgan ekspertlar “Atalanta”ga qarshi o‘yinda Eldor Shomurodov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirilishini kutmoqda. Bunga o‘ziga yarasha sabablar bor.

Xususan, https://www.cagliarinews24.com sayti jurnalisti Diego Demurtas bu holatni quyidagicha izohladi.

Eldor Shomurodovda “Atalanta”ga qarshi bahsni boshlang‘ich tarkibda boshlash ehtimoli katta. Chunki o‘zbek legioneri avvalgi turda “Udineze”ga qarshi bosh murabbiyning ishonchini oqlaydigan darajada o‘ynadi. Buni inobatga olgan Klaudio Raneri Eldor Shomurodovni ilk daqiqalardan maydonga tushirishi kutilyapti, - deb yozdi  Diego Demurtas.

Darhaqiqat, ayni paytda “Kalyari”da asosiy hujumchi Zito Luvumbo hisoblanadi. Bergamoda ham uning boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olishiga shubha yo‘q. Unga sheriklik qilayotgan Pavoletti tarkibda yo‘q. Petanya endi jarohatdan qutildi va to‘liq o‘ynashga tayyor emas.

Bu holatda Raneri ixtiyorida 90 daqiqa o‘ynay oladigan ikki futbolchi – Shomurodov va Oristanio qolmoqda. Ko‘pni ko‘rgan murabbiy bu vaziyatda jamoadoshidan tajribali va mahorat bobida ustun bo‘lgan Shomurodovni tanlashi to‘g‘ri qaror ekanini aytilyapti.

Qolaversa, Shomurodov “Atalanta” darvozasiga gol urishni yaxshi ko‘radi va yaxshi biladi. Legionerimiz  A Seriyadagi hozircha yagona dublini “Jenoa”da o‘ynab yurgan paytlar aynan bergamoliklar bilan bahsda nishonlagan.

vsp_9783_esu_gruppo

Italiya chempionatining beshinchi turidan o‘rin olgan “Atalanta” hamda “Kalyari” uchrashuvi 24 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

Qozoqlar Hasanboy Do‘stmatovni “urmoqchi”!

“Abbos, sen shtanga ko‘tarib yurma!” Fayzullaev transferini tanqid qilgan ekspert endi boshqacha gapiryapti...

Husanovdan buni kutmagan edim...

Fayzullaev qaerda o‘ynashi kerakligini aytishdi

Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
24/09/2023 11:12
Бир узини курсат Элдор негативчилар инидан чикомасин
&
Бахриддин М.З.
24/09/2023 10:34
Тормоз легионер, бир оёғи газда, бир оёғи тормозда. Ручной хам кўтарилган