Joze Mourino "Lester"ga qarshi o‘yindan oldin fikrlarini bildirib o‘tdi

  • 28 aprel, 2022, 00:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Lester”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan UEFA Konferentsiyalar ligasi yarim final bahsidan oldin o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Biz finalga munosibmiz. Biz Konferentsiyalar ligasida 13 ta o‘yin o‘tkazdik. Bizda Evropa ligasiga chiqishning ikkita yo‘li bor, ulardan biri “Lester”ga qarshi o‘yin orqali qo‘lga kiritilishi mumkin. Ertaga biz g‘alaba qozonishni xohlaymiz”, - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, “Lester” – “Roma” uchrashuvi 28 aprel Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi esa 5 may kuni Rimda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!