
Jorjino “Chelsi”ni qishda tark etishi mumkin
“Chelsi” Entso Fernandesni sotib olmoqchi. Ushbu transfer “aristokratlar”ga 120 million evroga tushadi. Shu sababli, klub Jorjinoni sotmoqchi. Futbolchi uchun kurashda “Nyukasl” ham bor.
Yarim himoyachi shartnomasi tugaganidan keyin erkin agent sifatida klubni tark etishi kutilgandi. Ammo ayni dam “Chelsi”ga pul kerak.
Eslatib o‘tamiz, Jorjino 2018 yilda “Napoli”dan 57 million evro evaziga London klubiga kelgan.
Fikrlar