Jon Jons og‘ir vazn toifasida jang qiladimi?

  • 18 avgust, 2020, 16:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yarim og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jons og‘ir vazn toifasiga o‘tish uchun vazn yig‘ishni boshlaganini ma’lum qildi.

Tecno

"UFC bilan haqiqatan ham ijobiy suhbat bo‘ldi. Og‘ir vazn toifasidagi navbatdagi jangim haqida gap-so‘zlar o‘rin oldi.Yaxshi xabarlar... Men vaznni oshirish jarayonini boshlamoqdaman",-dedi Jons.
Avvalroq, Jons yarim og‘ir vazn toifasidagi chempionlik titulidan voz kechgan edi.

Ma’lumot uchun, amerikalik chempion faoliyati mobaynida 28 ta jang o‘tkazib, ularning 26 tasida g‘alaba qozongan. Bir bora ta’qiqlangan zarba berganligi uchun mag‘lubiyat yozilgan. Bir marotaba esa, g‘alaba qozongan jangi bekor qilingandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!