
Jo Rogan:"Uning aql bovar qilmaydigan tezligi bor"
UFC dagi yulduz sharhlovchi Jo Rogan yarim engil vazn toifasida (65 kg) amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya haqida gapirdi.
“Topuriya dunyodagi eng yaxshi jangchilardan biri, bu aniq. Uning tezligi aql bovar qilmaydigan darajada ajoyib !", - dedi Rogan.
Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya(15-0) "UFC 298" musobaqasida avstraliyalik Aleks Volkanovski(26-4)ni ikkinchi raundda nokautga uchratib, chempionlik unvonini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar