
Jiu-jitsu. O‘zbekiston kubogi o‘z nihoyasiga etdi!
20 dan 23 dekabr ga qadar poytaxtimizning "Universal Sport" saroyida jiu-jitsu bo‘yicha barcha yosh toifalarida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.
"Guvohi bo‘lganingizdek, jiu-jitsu bo‘yicha O‘zbekiston kubogi ajoyib tarzda o‘tkazildi. Yoshlarimiz bu musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan ekan.
G‘olib sportchilarga keladigan bo‘lsak, ular jiu-jitsu milliy terma jamoamiz safida kelasi yil bo‘lib o‘tadigan xalqaro turnirlarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Biz uchun eng muhimi, yurtimiz nomini dunyoga tanitish. Bu uchun esa barchamiz qo‘ldan kelgancha qattiq harakat qilamiz !!!" - dedi O‘zbekiston jiu-jitsu federatsiyasi vitse-prezidenti Sharofiddinov Kamoliddin.
Fikrlar