
“Jirona” futbolchilari “Manchester Siti” tufayli Chempionlar ligasida o‘ynolmaydi
Ispaniya chempionatida sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan “JIrona” katta ehtimol bilan mavsumni Chempionlar ligasi zonasida yakunlaydi.
Biroq UEFA qoidalari bu jamoaga qit’aning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Unga ko‘ra, bir kompaniyaga tegishli ikki jamoa UEFAning bir musobaqasida qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. “Jirona”ning vaziyatida “Manchester Siti” bu jamoaga to‘siq bo‘lyapti. Har ikki klub bir guruh – City Football Group xoldingiga tegishli jamoalar hisoblanadi.
Ushbu xolding dunyo bo‘ylab jami 12 ta futbol jamoasiga egalik qiladi. Bular “Manchester Siti” (Angliya), “Jirona” (Ispaniya), “Lommel” (Belgiya), “Nyu-York Siti” (AQSh), “Palermo” (Italiya), “Melburn Siti” (Avstraliya), “Yokogama Marinos” (Yaponiya), “Montevideo Siti” (Urugvay), “Trua” (Frantsiya), “Sichuan Tszyunyu” (Xitoy), “Mumbay Siti” (Hindiston) va “Baiya” (Braziliya).
Bundan tashqari, City Football Group Boliviyaning “Bolivar” klubi hamkori hisoblanadi.
Fikrlar