
Jerrard nega aynan "Aston Villa"ni tanlaganini aytdi
"Aston Villa"ning yangi bosh murabbiyi Stiven Jerrard nega aynan Birmingem klubini tanlaganini aytdi.
“Aston Villa” menga juda mos keladi deb o‘ylayman. Chunki jamoa juda faol muxlislarga ega. Bu erda hamma g‘alaba talab qiladi, lekin men 17-18 yoshimdan beri bunga ko‘nikib qolganman. Bu uchrashuv barchani birlashtirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Katta muvaffaqiyatlarga erishishimizga ishoning. Menga sinovlar yoqadi va hammasi tezroq boshlanishini intiqlik bilan kutyapman”, - dedi angliyalik mutaxassis.
"Aston Villa" ortda qolgan 11 turdan so‘ng premer-liga musobaqa jadvalida 10 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa Jerrard boshqaruvidagi ilk uchrashuvini 20 noyabr kuni "Brayton"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar